Rossiya bilan chegaradosh bo`lgan Xitoyning Xeylunszyan viloyatidagi Xanka ko`lida balandligi 20 metr keladigan muz devor hosil bo`ldi, deb yozdi Ria.ru nashri.
Ushbu g`aroyib tabiat hodisasi aks etgan video CCTV telekanalida namoyish etildi.
Mazkur muz devor kuchli shamol sababli vujudga kelgan. Shamol turli o`lchamdagi muz bo`laklarini ko`lning sharqiy sohili tomon yo`llagan. Ushbu muz devor dastlab 3-4 metr balandlikka ega bo`lgan, keyin esa 20 metr va undan balandroqqacha etgan. Yana bir e`tiborli jihati, bu devorning uzunligi bir necha o`nlab kilometrni tashkil qiladi.
“Bu devor muzdan tashkil topgan Buyuk devorga o`xshaydi”, deb aytgan ushbu hodisani o`z ko`zi bilan ko`rishga kelgan fotosuratchi Li Ley.
Xanka qo`lidagi meteorologik stansiya boshlig`i Syuy Chjunning aytishicha, bunday muz devorlar onda-sonda vujudga keladi. Buning uchun uzoq davom etuvchi sovuq haroratlar, kuchli shamol va ko`ldagi suvning yuqori qatlamlari harakatlanishi lozim bo`ladi.






