Malayziyaning Melaka shahrida taekvondo ITF bo`yicha Osiyo Ochik chempionati o`tkazildi.
O`smiirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida tashkil etilgan musobaqada 15dan ziyod davlatdan sportchilar o`z mahoratlarini namoyish etishdi. Ular qatorida o`zbekistonlik yosh taekvondochilar ham dayanga chiqishdi.
Hamyurtlarimizdan Dovudbek Abdug`ofurov (19 kg) 5-7 yoshlilar bahsida oltin medalni qo`lga kiritdi. Mirakbar Mirobidov (22 kg) 7-9 yoshlilar musobaqasida kumush medalga sazovor bo`ldi, deya ma`lum qildi "Olamsport" nashri.







