AsosiySport

9 YaNVAR KUNI U-23 OSIYo ChEMPIONATI MUSOBAQASI BOShLANADI

'9 YaNVAR KUNI U-23 OSIYo ChEMPIONATI MUSOBAQASI BOShLANADI'ning rasmi

9 yanvar kuni Xitoy mamlakatida 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi.

Ushbu musobaqa uchinchi marta o`tkazilmoqda. Dastlabkisi, 2013 yil Ummon davlatida bo`lib o`tgan. O`shanda finalga Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari etib kelishgan. Final uchrashuvi Iroq terma jamoasining 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etgandi. Uchinchi o`rin Iordaniya terma jamoasiga nasib etgan.

U-23 Osiyo chempionatining ikkinchisi 2016 yil Qatarda bo`lib o`tgan. Bu musobaqada yuqori o`rinlarni egallagan jamoalarga Rio-2016 Olimpiadasiga yo`llanma taqdim etilardi. Finalga Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari etib kelishdi. Yaponiyaliklar 3:2 hisobida g`alaba qozonib, chempionlikka erishishgan. Uchinchi o`rin Iroq terma jamoasiga nasib etgan.

9 yanvar kuni uchinchi bor o`tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi. Musobaqada jami 16ta terma jamoa qatnashadi. O`tgan yilning 24 oktyabr kuni mazkur musobaqaga qur`a tashlangan bo`lib, jamoalar quyidagi guruhlardan joy olishgan:

"A" guruhi - Xitoy, Qatar, O`zbekiston, Ummon
"B" guruhi - Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin
"C" guruhi - Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya
"D" guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 4 yanvar kuni Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga uchib ketishadi. Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o`tkazishadi:

9 yanvar soat 16:30 Qatar - O`zbekiston

12 yanvar soat 13:00 O`zbekiston - Xitoy

15 yanvar soat 13:00 Ummon - O`zbekiston

*O`yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar