Dubayda qiymati 1 milliard dirham (270 million dollar)ga teng bo`lgan Dubai Safari zooparki ish boshladi.
119 gektar maydonni egallagan hayvonot bog`ining asosiy qismi quyoshdan olingan energiya hisobiga ishlaydi va ekologik jihatdan toza loyiha sanaladi. Loyihaning birinchi bosqichida bu erga 3,5 mingta hayvon joylashtirildi. Ochiq “sahro” tamoyili asosida qad rostlagan zooparkda maxsus transport vositasida sayr qilish mumkin.
Yaqin vaqtlarda bu erda Osiyo, Afrika va Arab “qishloqlari”ni joylashtirish, veterinar shifoxona va tadqiqot markazini barpo etish ko`zda tutilyapti.






04.01.2018 14:59
DUBAYDA "DUBAI SAFARI" ZOOPARKI ISh BOShLADI (FOTO)






