AsosiyJamiyat

DAVLAT TEST MARKAZIDA QO`ShIMChA REPETISION TEST SINOVLARI BO`LIB O`TMOQDA

'DAVLAT TEST MARKAZIDA QO`ShIMChA REPETISION TEST SINOVLARI BO`LIB O`TMOQDA'ning rasmi

Davlat test markazida qo`shimcha repetision test sinovlari bo`lib o`tmoqda Davlat test markazidan ma`lum qilishlaricha, ayni kunlarda oliy ta`lim muassasalariga kirish istagida bo`lgan o`quvchi-yoshlarning qishki ta`tilga chiqqanidan foydalanib, qo`shimcha repetision test sinovlari tashkil etilgan.

Ishtirokchilar 1 avgustdagi tartibda uchta fandan tayyorlangan test savollariga belgilangan muddat davomida javob topishadi. Natijalar yarim soatda tekshirilib, ishtirokchilar yiqqan ball e`lon qilinadi. Ular yo`l qo`ygan xatolar ham ko`rsatib o`tiladi.

Bundan ko`zlangan maqsad abiturientlarni test materiallari - savollar kitobi, javoblar varaqasi bilan ishlash ko`nikmasini mustahkamlash, test sinovlari o`tkazish tartibi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar