31 dekabr kuni jangarilar Suriyaning Xmeymim aviabazasiga hujum qilib, bir nechta samolyotlarni yo`q qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bu haqda harbiy-diplomatik manbalar xabar berdi. Ular bergan ma`lumotlarga ko`ra, minomyotdan o`qqa tutish orqali to`rtta Su-24 bombardion, ikkita Su-35 rusumli qiruvchi va An-72 rusumli transport samolyotlari yo`q qilingan. Shu bilan birga jangarilar minomyot snaryadi orqali o`q-dori omborini ham yo`q qilishgan.






