Dunyo bo`yicha barcha savdo do`konlari o`ziga kamaytirilgan narxlar bilan xaridorlarni jalb qilishga urinayotgan bir paytda boshqalari esa xaridorlarning og`irini engil qilish payida bo`lishmoqda deb yozadi Adme.ru nashri.
Aynan shu narsa savdo do`konidan bir marta xaridni amalga oshirgan insonning bu erga yana qaytib kelishini ta`minlaydi. Quyida sizni ana shunday xorijdagi savdo do`konlari bilan tanishtiramiz.
1. “Gapiruvchi” savatlar
Mazkur do`kon xaridor va sotuvchi-konsultant o`rtasidagi doimiy muammoni hal etish maqsadida “gapiruvchi savatlar”ni yaratgan. U xarid davomida sizga yordam beradi.

2. Chiroyli bo`lmagan meva-sabzavotlarning narxini kamaytirish
Bu savdo do`konida tashqi qiyofasi xunuk bo`lganligi tufayli peshtaxtalarda qolib ketgan, keyinchalik axlatga tashlanadigan meva-sabzavotlar narxi tushirilgan holda sotiladi. Bu erda bir paytning o`zida ikki muammo hal etiladi, mahsulot axlatga tashlanmaydi, xaridor esa pulini iqtisod qiladi.

3.Buzuq aravachalar uchun yorliq
Buzuq aravachalar bo`shab ketgan g`ildiraklari bilan xaridorga noqulaylik tug`dirmaslik uchun ulardan xodimlar e`tiborini qaratish uchun buzuq aravachalarga uning buzuqligi haqidagi masxsus yorliqlarni ilish talab etiladi.

4. Bolalar uchun bepul mevalar
Bu erda ota-onalar xaridni amalga oshirayotganda bolalarga bepul mevalar tarqatiladi. Shunday qilinsa, ota-onalar xotirjam, bolalar xursand bo`ladi. Bolalar sog`lik uchun zararli bo`lgan shirinliklarni xarid qilishni iltimos qilishmaydi.

5. Xaridorlar uchun maxsus beydjiklar
Xaridor va sotuvchi o`rtasida aloqani mustahkamlashning yana bir usullaridan biri bu ularga maxsus beyjiklarning tarqatilishidir. Unda yozilgan hazil yozuvlar ish kunining oxirida nafaqat muloqot qilishga, balki kayfiyatning ko`tarilishiga ham yordam beradi.

6. Bolalarga g`amxo`rlik qilish
Mazkur elektronika do`konida bolalar dars qoldirmasliklari, ko`chada o`ynab yurmasliklari uchun o`yin pristavkalari soat 14:00 ga qadar yoqilmaydi.

7. Telefonni quvvatlantiruvchi moslamaga ega aravachalar
Uydan smartfonlarsiz chiqmaslikka odatlanib qolganimizga qaramay, quvvatlantiruvchi moslamani unutib qoldirishimiz mumkin. Mazkur do`konda aynan shu holat hisobga olinib, har bir aravachaga telefonni quvvatlantiruvchi moslama o`rnatilgan.

8. “Aqlli” aravachalar
Xaridorlarning kerakli mahsulotni qidirib, do`kon aylanishining oldini olish maqsadida do`kon xodimlari ularga kerak bo`lgan mahsulotning qaysi peshtaxtada joylashganligini aytib beruvchi “aqlli” aravachalar yaratilgan.

9. Aravachalar uchun eskalator
Bu do`konda nafaqat odamlar uchun, balki qavatlar aro xaridni amalga oshirishni engillashtirish uchun aravachalarga moslashtirilgan maxsus eskalatorlar ham mavjud.

10. Jinoyatchilar uchun mo`ljallangan sharlar
Kassalardagi bu sharlarning ichiga yorqin bo`yoqlar joylashtirilgan. Kassaga jinoyatchilar hujum qilgan vaqtda kassir bo`yoqli sharlarni jinoyatchiga qarab irg`itadi. Ustiga bo`yoq to`kilgan jinoyatchini polisiyachilar darrov taniydi. Darvoqe, do`kon sotuvchilari shar otish bo`yicha maxsus kurslarda ta`lim olishadi.

11. Muzlatilgan mahsulotlarni navlarga ajratish
Bu do`konda muzlatilgan mahsulotlar alohida ko`k rangli xaltalarga joylashtiriladi. Bu xaridorlarga qulaylik tug`dirib, uning muzlatilgan mahsulotlar ekanligini darrov anglab, birinchi navbatda muzlatkichga qo`yishiga yordam beradi.

12. Lupali aravachalar
Mahsulotlar o`ralganda unga tegishli asosiy ma`lumot kichik harflar bilan yoziladi. Xaridorlar mazkur yozuvlarni o`qiy olishlari uchun aravachalar maxsus lupalar bilan jihozlangan.

13. Aravachaga qo`yiladigan ichimliklar uchun tagliklar
Do`konda barcha xaridorlar uchun beriladigan ichimliklar solingan stakan uchun aravachalarga mustahkamlangan tagliklar mavjud.

14. It boquvchi xaridorlar uchun maxsus aravacha
Agar itingizni do`kon tashqarisida qoldirishni istamasangiz, qayg`urmang. Bu do`konda itni joylashtirish mumkin bo`lgan maxsus aravachalar mavjuddir.

15. Qish havosini beruvchi maxsus xona
Qishki kiyim sotib olayotgan xaridor, “bu kiyimda qishda sovuq qotmasmikanman?” degan xayolga boradi. Do`kon ma`muriyati bunday ikkilanishlarning oldini olish maqsadida qish havosini beruvchi, maxsus xonalarni yaratdi. Xonada sotib olgan yangi paltongizni test sinovidan o`tkazishingiz mumkin.







