71 yoshli qariya Ion Negrilning 2006 yilda rafiqasi vafot etgandan keyin omonatgina qurilgan uyini tark etishdan butkul bosh tortdi, deb yozadi Adme.ru nashri.
Uning bunday g`aribona kulbada kun kechirayotganini eshitgan rahmdil yigitlar unga yordam berishga qaror qilishdi. Ular internet orqali odamlardan kuchlari etgancha yordam berishni iltimos qilishdi. Natijada ming evro pul yig`ildi. Uning boshqa joyga ko`chishni istamaganligini eshitgan yigitlar aynan shu erning o`zida yangi uy qurishga kirishishdi. Yigitlarning o`zlari ham u qadar puldor bo`lmaganliklari bois ozgina mablag` hisobiga ham ko`ngildagidek kun kechirish mumkinligini yaxshi anglashardi. Ular qariya uchun qanday uy qurib berganliklarini quyidagi fotosuratlardan ko`rishingiz mumkin.







