Bedavo dardga chalingan amerikalik qiz o`limidan bir necha soat ilgari turmushga chiqishga ulgurdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Xezer Lindsi deyarli bir yil davomida ko`krak bezi saratoni bilan kurashdi. Qallig`i Devid Mosher 2016 yilning dekabr oyida Lindsiga dahshatli tashxis qo`yilganda uning qo`lini so`ragan edi. Qizning bedavo dardga chalinganiga qaramay, Devid unga uylanish fikridan qaytmadi.
Ularning to`yi 2017 yilning 22 dekabr kuni bo`lib o`tdi. Kelin sun`iy nafas oldirish apparatidan foydalanayotganligi tufayli to`y kasalxonada bo`lib o`tdi. Nikoh to`yidan 18 soat o`tgach, Xezer olamdan o`tdi. Dugonasining so`zlariga qaraganda, Lindsi qallig`ining qat`iyatligi tufayli o`limdan qo`rqmagan.






