Rossiyaning Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Ekaterinburg va Krasnoyarsk shaharlari aholisini mina qo`yilganligi to`g`risidagi anonim xabarlar vahimaga soldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Shaharlardagi savdo markazlari, aeroportlarga mina qo`yilgani haqida anonim xabarlar kelib tushdi. Novosibirsk shahrida beshta savdo markazi, aeroportlar, Krasnoyarsk shahrida aeroport, Ekateringburg shahrida uchta, Rostov na-Do`nu shahrida beshta, Voronej shahrida esa anonim qo`ng`iroq tufayli oltita savdo markazlari evakuasiya qilindi. Biroq ularning birortasidan ham mina topilmadi, faktlar tasdiqlanmadi. Bundan tashqari, Tomsk, Omsk, Irkutsk, Yakutsk va Xabarovsk shaharlarida ham yolg`on anonim xabarlar kelib tushgan.






