Rossiyalik Ekaterina Lisina oyoqlarining uzunligi naq 133 santimetrni tashkil etadi, deb xabar berdi Life.ru nashri.
Sobiq basketbolchi, 2008 yilgi Olimpiada o`yinlarining bronza medali sohibasi va xizmat ko`rsatgan sport ustasi o`zining daroz bo`yi sharofati ila Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Hozirda u turli fotosessiyalarda faol qatnashmoqda.






