Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o`rinlarni to`ldirish maqsadida vatanparvar, tashabbuskor, fidoyi va iqtidorli yoshlar ishga taklif etilib, ular haqidagi ma`lumotnomalar ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar qiladi.
Moliya-iqtisod yo`nalishi bo`yicha oliy ma`lumotli yoshlar o`z rezyumelarini Yoshlar ittifoqining info@yi.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin. Kelib tushgan hujjatlar o`rganilib, tanlab olingan nomzodlar Yoshlar ittifoqiga suhbatga chaqiriladi.
Hujjatlar 30 dekabrgacha qabul qilinadi.
Eslatib o`tamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida 562 nafar davlat idorasi nomiga dog` tushirgan xodimlar o`z lavozimidan ozod etilgan.
29.12.2017 10:19
MOLIYa VAZIRLIGIDA BO`ShAB QOLGAN ISh O`RINLARIGA O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI NOMZOD QIDIRMOQDA






