AsosiyJamiyat

XORIJDA O`QIYoTGAN HAMDA MEHNAT QILAYoTGAN YoShLAR BILAN IShLAYDIGAN TAShKILOT TUZILDI

'XORIJDA O`QIYoTGAN HAMDA MEHNAT QILAYoTGAN YoShLAR BILAN IShLAYDIGAN TAShKILOT TUZILDI'ning rasmi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi “O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muassasa shaklidagi “O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lgan va xorijiy mamlakatlarda o`qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o`z o`rnini topishiga ko`maklashish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar