AsosiyJamiyat

ShAHNOZA G`ANIEVA O`ZBEKISTONDA YIL AYoLI DEB TOPILDI

'ShAHNOZA G`ANIEVA O`ZBEKISTONDA YIL AYoLI DEB TOPILDI'ning rasmi

Toshkent shahrida «Yil ayoli – 2017» milliy tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

«Yil ayoli» tanlovining hududiy bosqichlarida komissiyalar tomonidan 5,5 mingdan ortiq ayolning faoliyati o`rganildi. Mamlakat bosqichida 140 nomzod qatnashdi.

Hay`at «Farg`ona Roza-al» korxonasi va «Ibratli Bekam» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari Shahnoza G`anievani tanlov g`olibligiga munosib ko`rdi.

—Tanlovning oliy o`rin sovrindoriga loyiq topilganimdan behad xursandman. «Ibratli Bekam» nodavlat ta`lim muassasasiga etakchilik qilib, xotin-qizlarimizni hunar egasi bo`lishga ko`mak bermoqdamiz. Xususiy korxonamiz faoliyati esa bu erda ta`lim olgan qizlarni ish bilan ta`minlashda qo`l kelmoqda, — deydi Shahnoza G`anieva.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o`qituvchisi, pedagogika fanlari doktori Zuhra Solieva birinchi o`ringa loyiq, deb topildi.

Ikkinchi o`rin «Taxiatosh IES» korxonasi ofis menejeri Gulsara Jallibekovaga, uchinchi o`rin Surxondaryo viloyati Boysun tumani milliy hunarmandlik markazi direktori Hanifa Salimovaga nasib etdi.

    Boshqa yangiliklar