O`zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investisiya vazirligi hamda “O`zbekturiz” Milliy kompaniyasi Fransiyaning Accor etakchi mehmonxona kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Vazirlik matbuot xizmatida xabar berishlaricha, mazkur hujjat Toshkentning “Siti-Palas”ini fransiyaliklar boshqaruviga o`tkazish maslalarini ishlab chiqishni ko`zda tutadi.
Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, Memorandum O`zbekiston delegasiyasining Fransiya hukumati taklifi bilan Parijga amalga oshirilgan tashrifi chog`ida imzolandi.
Hozirda Accor fransuz kompaniyasi dunyoning 92 mamlakatida 3500 mehmonxonani boshqaruvi bilan shug`ullanadi.





