AsosiyJamiyat

SURXONDARYo VILOYaT KENGAShI BARChA ETAKChILARGA O`RNAK BO`LIShGA ARZIGULIK TAShABBUS KO`RSATDI

'SURXONDARYo VILOYaT KENGAShI BARChA ETAKChILARGA O`RNAK BO`LIShGA ARZIGULIK TAShABBUS KO`RSATDI'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Qiziriq tumanida yashayotgan 3 nafar kam ta`minlangan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun nogironlik aravachalari taqdim etildi.

— Oila, ro`zg`or tashvishlari deb aravacha sotib olishga hech mablag`imiz bo`lmadi, rosti. Ammo u judayam kerak edi. Og`irimizni engil qilgan, holimizdan xabar olgan davlatimizga, Yoshlar ittifoqiga rahmat”, — deydi qiziriqlik Shahnoza To`xtamishovaning onasi.
Xuddi shunga o`xshash xayriya ishlari Termiz tumanida ham davom etmoqda.

Ayni kunlarda maktablarda o`quvchilarning darsda ishtirok etishi, bilim darajasining qay darajada ekanligini aniqlash, ushbu sohada ishlarni jadallashtirish maqsadida turli reydlar o`tkazilmoqda.

Xususan, Termiz tumanidagi “Yangiariq” MFYdagi maktablar holati o`rganilganida davomatning pastligi, dars jarayonlarida ayrim o`quvchilarning ishtirok etmasligi holatlari aniqlandi.

Ushbu holatning sababini aniqlash uchun xonadonlarga borib, suhbatlar o`tkazildi. Suhbat jarayonida ba`zi o`quvchilarning oilasi kam ta`minlanganligi, qishki ust-bosh hamda kerakli anjomlarning etarli emasligi, bu esa sovuq kunlarda maktabga borish uchun qiyinchilik tug`dirayotgani holatlari aniqlandi.

Bugun xalq manfaatini o`ylaydigan, o`z ish faoliyatida vatan koriga yarashni asosiy mezon deb biladigan kadrlar soni ko`payib bormoqda.

Xullas, yuqoridagi holatdan xabar topgan Termiz tuman prokurori A.Hasanov savobli ishni boshladi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz tuman Kengashi hamkorligida homiylarni jalb qilgan holda jami 16 mln 800 ming so`m miqdorida xayriya mablag`lari yig`ildi hamda 42 nafar kam ta`minlangan, nogiron hamda qalbi kemtik bo`lgan bolali oilalarga tarqatildi.
Shundan so`ng, bolalar kiyim-kechak do`konlariga tashrif buyurishib, qishki ust-bosh xarid qilishdi.

Qadimda ota-bobolarimiz : “Yangi kiyim kiygan bolaning bo`yi bir qarichga o`sadi”, — degan fikrni aytishgan. Bolajonlarning ko`zidagi quvonchi, ularning xursandchiligini ko`rib bu so`zlarga yana bir bor amin bo`ldik.

    Boshqa yangiliklar