AsosiyShou-biznes

XONANDA BUNYoDBEK SAIDOVNING LISENZIYaSI TUGATILDI

'XONANDA BUNYoDBEK SAIDOVNING LISENZIYaSI TUGATILDI'ning rasmi

“Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Bunyodbek Saidovning lisenziyasi tugatildi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi ma`lum qildi.

“Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandiga asosan lisenziat, “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov nomiga berilgan lisenziya 2017 yil 15 dekabrdan tugatilganligini bildiramiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar