AsosiyJamiyat

QABULGA «ONLAYN» REJIMIDA YoZILING

'QABULGA «ONLAYN» REJIMIDA YoZILING'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan davlat soliq xizmati organlarida fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko`rib chiqishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, rasmiy www.soliq.uz veb-sayti orqali tizim mansabdor shaxslari qabuliga «Onlayn» rejimida yozilish imkoniyatini beruvchi «Elektron qabulxona» interaktiv xizmati joriy etilgan.

Fuqarolar ushbu interaktiv xizmat yordamida kunning istalgan vaqtida davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari hamda mansabdor shaxslari qabuliga yozilish bo`yicha so`rovnoma berishlari mumkin.

Mazkur xizmatdan mobil qurilmalari uchun mo`ljallangan «Soliq» mobil ilovasi yordamida hamda O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Yagona interaktiv xizmatlar portali – my.gov.uzorqali foydalanish mumkin.

Fuqarolar ushbu xizmatdan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari qabuliga yozilish uchun mansabdor shaxsni tanlab, o`ziga tegishli ma`lumotlarni ya`ni, telefon raqami, elektron pochta va yashash manzili hamda murojaatning qisqacha mazmuni yoki maqsadini qayd etishi lozim.

Qabulga yozilgan fuqarolarga ularning elektron pochta manzili shuningdek, www.soliq.uz veb-saytidagi yoki my.gov.uzYagona portalidagi shaxsiy kabinetiga so`rovlari qabul qilinganligi to`g`risidagi xabarnoma yuboriladi.

Eslatib o`tamiz, qabulga yozilgan va belgilangan vaqtida kelgan fuqaro navbatsiz qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar