AsosiyJamiyat

HUQUQBUZARLIK UChUN JAZO MUQARRAR

'HUQUQBUZARLIK UChUN JAZO MUQARRAR'ning rasmi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko`ra, o`tgan hafta davomida 2651 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O`tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to`g`ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 591 nafar tadbirkorlik subektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo`pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 2060 nafar shaxsga nisbatan 353,4 million so`m ma`muriy jarima qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar