AsosiyJamiyat

​QO`ShKO`PIR TUMANIDA 118 NAFAR OTA-ONA MA`MURIY JAVOBGARLIKKA TORTILDI

'​QO`ShKO`PIR TUMANIDA 118 NAFAR OTA-ONA MA`MURIY JAVOBGARLIKKA TORTILDI'ning rasmi

O`zA muxbiri Ahmadjon Shokirovning ma`lum qilishicha, Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanidagi 13 mahalla fuqarolar yig`ini hududida joriy yil boshidan noyabr oyiga qadar birorta ham jinoyat sodir etilmagan.

Osoyishta hudud, deb qayd etilgan tumanda maktab, akademik lisey va kollejlarda olib borilayotgan targ`ibot tadbirlari o`z samarasini bermoqda. Yil boshidan buyon ta`lim muassasalarida 1 ming 328 marta “Davomat” tadbirlari o`tkazilgan. Dars mashg`ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan 100 o`quvchi darsga qaytarilgan. Bu borada o`ta mas`uliyatsiz bo`lgan 118 nafar ota-onaga ma`muriy va 20 ta`lim muassasasi rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar