Malayziya havo yo`llarining g`oyib bo`lgan samolyoti o`z yo`nalishini avtopilot boshqaruvida o`zgartirgan. New York Times nashri jurnalistlari tergovchilar bilan suhbatdan so`ng shunday fikrga kelishdi.
Biroq kompyuterga aynan qachon o`zgaritirish kiritilganini aniqlashning iloji bo`lmagan. Hozirda layner traektoriyasi reys yo`lnalishidan ancha farq qilishi aniqlangan. Nashrning yozishicha, bunday traektoriyada samolyotni boshqarish uchun maxsus malaka kerak.
Tergovchilar ekipaj a`zolari hamda yo`lovchilar haqida barcha ma`lumotlarni yig`ishmoqda. Avvaliga uchuvchilardan birining uyidan uchish stimulyatori topilgan edi, keyinchilik esa samolyot yo`lovchilaridan biri aviasiya sohasida muhandis bo`lib ishlagani ma`lum bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan. Ayni damda laynerning qidiruv ishlarida 26 ta mamlakat ishtirok etmoqda.





