Ekseter (Buyuk Britaniya) universiteti olimlari insonlarda tez o`limga olib keluvchi asosiy sabablaridan birini aniqladi. Mutaxassislar 46 ming nafar britaniyalikning tibbiy ma`lumotini o`rgaganda, bu holat keksa insonlarda qon bosimning pasayishi bilan bog`liqligi ma`lum bo`ldi.
Tadqiqotda yurak-qon tomir kasalliklari bilan og`rigan bemorlar va sog`lig`idan shikoyati yo`q insonlar jalb etilgan. Ammo har ikkala holatda ham bemorlarda o`limdan 14 yil oldin arterial qon bosimining pasayib borishi kuzatilgan. O`n to`rt yilning oxirgi ikki yilida esa bu holat tez-tez takrorlangan.
Shundan kelib chiqib olimlar qon bosimining dinamikasi yaqinlashib kelayotgan o`limni ko`rsatadigan asosiy indikator ekanini ta`kidlamoqda, deb yozadi “JAMA Internal Medicine” ilmiy jurnali.





