AsosiyShou-biznes

Nur, musiqa va raqs kechasi

Yaqinda “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Shuhrat Vohidovning “Nurli kecha” deb nomlangan yakkaxon konserti bo`lib o`tdi. Bu uning minglab muxlislari uchun sog`inib kutilgan sovg`a bo`ldi.

“Nurli kecha” o`z nomiga mos tarzda nurli, munavvar bir kechaga aylanib ketdi. Maxsus effektlar yordamida konsert zali fusunkor qiyofa kasb etdi. Turli chiroqlarning antiqa tarzda o`chib yonishi tomoshabinlarni hayratga soldi.

*Tadbirda raqslarni o`zbek raqs san`atining eng yorqin yulduzlaridan biri – Rushona Sultonova ijro etdi.

*Ikki kun davomida xonanda Shuhrat Vohidov mamlakatimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan muxlislariga eng sara qo`shiqlarini taqdim etdi.

*Shuhrat Vohidov va Ziyodaning duetini tomoshabinlar olqishlar bilan qarshi olishdi.

*Xonandaning Ozodbek Nazarbekov bilan kuylagan dueti konsertning kutilmagan sovg`asi bo`ldi.

*Xonanda yangi qo`shiqlari bilan bir qatorda ilgari kuylagan, muxlislar qalbidan joy olgan ijod namunalari, shuningdek jahon musiqasining bir qator mashhur durdonalarini ham kuyladi.

*Nurlar dekorasiyasining bir qismi bo`lgan  yirik ekranlarda u yoki bu kompozisiyalar namoyish etib borildi. To`rt o`lchamdagi kenglikda namoyish etilgan ushbu dastur barchani xushnud etgan bo`lishi shubhasiz.

*“Sanam” folklor etnografik jamoasidagi milliy raqslar ham kechaga o`zgacha tarovat baxsh etdi. 

    Boshqa yangiliklar