AsosiyJamiyat

TOShKENTDA ZILZILA QAYD ETILDI

'TOShKENTDA ZILZILA QAYD ETILDI'ning rasmi

Toshkent” seysmostansiyasining ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 11 dekabr kuni soat 15:25 da Respublikamizda zilzila qayd etilgan. Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahridan 211 kilometr, Jizzax shahridan janubiy-g`arbiy yo`nalishida 30 kilometr uzoqlikda sodir bo`lgan. Bu haqda “Qalampir.uz xabar bermoqda.

Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M =3.5 ni tashkil etgan.

Respublika hududlaridan zilzila sezilganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan. Zilzila oqibatida joylarda jarblanganlar va jarohat olganlar haqida xabar bo`lmagan va shuningdek, talofatlar ham kuzatilmagan.

Avvalroq, 2017 yilning 29 sentyabr kuni 18:50 da Toshkent shahrida uncha kuchli bo`lmagan er silkinishi sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar