AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA «112» TIZIMI IShGA TUShIRILADI

'SAMARQANDDA «112» TIZIMI IShGA TUShIRILADI'ning rasmi

O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi 5 dekabr kuni Samarqandda sinov rejimida shoshilinch tezkor xizmatlarni yagona «112» raqami bilan chaqirish tizimini joriy etish bo`yicha sinov loyihasini amalga oshirish to`g`risidagi qarorni e`lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Tizim 2018 yil davomida «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida tashkil etilib, bunda shoshilinch xizmatlarning muqobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati saqlab qolinadi.

«112» tizimi yong`in xavfsizligi, ichki ishlar organlari (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish), tez tibbiy yordam xizmatlari, gaz tarmoqlari avariya xizmatlari va FVV qutqaruv xizmatlarini o`zida birlashtiradi. Kelgusida tizimga suv ta`minoti va elektr energiyasi sohasidagi navbatchilik bo`linmalarini chaqirish ham kiritilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar