Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, yakshanba kuni ayrim hududlarda harorat tushadi. Yomg`ir, qor yog`adi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi. Ertalab va kechqurun yomg`ir, qor yog`ishi mumkin. Harorat kunduzi 3-5 daraja iliq, kechasi 2 darajagacha sovuq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 4 darajagacha, kechasi 8 darajagacha sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha iliq, kechasi esa 5 darajagacha sovuq bo`ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab va kechqurun yomg`ir, qor yog`ishi mumkin. Harorat kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi. Kechasi esa harorat 2 darajagacha tushib ketadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 10 darajagacha ko`tariladi. Kechasi esa 1 darajagacha sovub ketadi.
Farg`ona vodiysida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi hamda kechasi 2-7 daraja iliq bo`ladi.






