AsosiyJamiyat

FHDYo ORGANLARI UChUN 9 TA ZAMONAVIY INShOOTLAR BARPO ETILDI

'FHDYo ORGANLARI UChUN 9 TA ZAMONAVIY INShOOTLAR BARPO ETILDI'ning rasmi

Bosh qomusimiz — O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini nishonlash arafasida mamlakatimizning ko`plab

hududlarida Adliya vazirligi tizimidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlari uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga

topshirildi.

So`ngi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lgani kabi adliya organlari faoliyati, jumladan, uning fuqarolarga yuridik xizmat ko`rsatib kelayotgan tizimiga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. Sohaning moddiy – texnika bazasi izchil takomillashtirilmoqda. Birgina o`tgan 2017 yilning 11 oyi mobaynida respublikamiz bo`ylab FHDYo organlari uchun 9 ta zamonaviy inshootlar barpo etildi, 8 ta bino kapital ta`mirdan chiqarildi.

Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo, Farg`ona viloyatining Bog`dod va Oltiariq, Toshkent viloyatining Angren shahri va Quyichirchiq tumanlarida yangi zamonaviy FHDYo binolari foydalanishga topshirildi. Zamonaviy hamda milliy arxitektura uyg`unligida barpo etilgan ko`rkam binolar yurtimiz aholisi, ayniqsa, oila qurayotgan yoshlar uchun chinakam bayram sovg`asi bo`ldi.

Raqamlarga murojaat qiladigan bo`lsak, yangi inshootlarning qurilishi uchun 7 milliard so`mdan ortiq mablag` sarflandi.


    Boshqa yangiliklar