Alisher Usmonov Reuters'ga bergan intervyusida, O`zbekistonning yangi rahbariga tashqi dunyoga ochilishga va O`zbekistonga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda “Uznews.uz” ma`lum qilmoqda.
"Men qo`limdan kelganicha O`zbekistonga yordam berishga tayyorman va shunday qilyapman ham, - dedi Usmonov agentlikka telefon orqali bergan intervyusida. - Mening bugungi kundagi rolim - maslahatlashuvlar, maslahatlashuvlar va xayriya loyihalari".
U sarmoyalarga batafsil to`xtalmadi, faqat gap orasida o`zi 49 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Rossiyaning USM xolding kompaniyasi va O`zbekistonning metallurgiya zavodi o`rtasida aloqalar mustahkamlanayotganini aytib o`tdi. Milliarder bu aloqalarning qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritmadi.






