Hali juda yosh bo`lishiga qaramay bugungi kunda “Chaki chaki boroni”, “Arab tangosi”, “Birinchi muhabatim” kabi qo`shiqlarini mahorat bilan kuylab, butun jahonni hayratga solayotgan Jo`rabekning qo`shiqlarini saytimiz orqali qarshi oling va baho bering.
Andijon viloyati, ziyoli oilasida tavallud topgan, mo`jizali iste`dod sifatida tan olinayotgan hushovoz bolakayga bugungi kunda Eron, Afg`oniston, Turkiya va boshqa mamlakatlar da`vogarlik qilishmoqda...

Amerikaning “Youtube”sayti orqali taqdim etilgan qo`shiqlari bilan dunyo bo`yicha eng ko`p ovoz to`plab, rekord o`rnatgan “internet yulduzi” ning onasi- Fazilat To`ychieva.
- Internet saytlari orqali o`g`lim kuylagan qo`shiq va kliplarni to`plab, rolik sifatida taqdim etishayotgan ayrim davlatlar uni o`zlashtirishga urinishyapti. Axir o`g`lim O`zbekiston bolasi - Andijonning bolasi-ku, deydi kuyinib Fazilat opa.

Bugungi kunda butun dunyo tan olayotgan jajji ovoz sohibini o`zbek mutasaddi tashkilotlari ma`sullari o`z vaqtida payqamadimi?
Bu haqda “Darakchi” gazetasining navbatdagi sonlarida o`qing!
Bizni ham kuzatishda davom eting!





