AsosiyJamiyat

MARG`ILONDAGI QULAYoTGAN UYGA TIRGAK BO`LGANLAR!

'MARG`ILONDAGI QULAYoTGAN UYGA TIRGAK BO`LGANLAR!'ning rasmi

Marg`ilon shahridagi Nadirmat MFYga qarashli 2 qavatdan iborat 7- hamda 9- uylar qurilganiga 39 yil bo`libdi. Vaqt o`tgan sari mustahkamlik darajasi qisqarib borgan uylarning ayrim qismlari ta`mirtalab bo`lib qolgandi. Ayniqsa tom qismi bilan bog`liq muammolar bevosita xonadonlarga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan.

30 ta xonadondan iborat uylarda 100 ga yaqin fuqarolar istiqomat qilishadi. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish masalasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaatlar ham qilingan.

Uylar joylashgan hudud yo`l xaritasi bo`yicha Marg`ilon shahar prokurori sektoriga kiritilgan. Fuqarolar murojaatlari bo`yicha prokuratura hamda 2-sektor ma`sullari hamkorligida aholining talab va ehtiyojlari o`rganildi. Uy joylarga xizmat ko`rsatuvchi shirkatlar faoliyati yo`lga qo`yilganidan keyin unga a`zo bo`lgan aholi yashash joylaridagi ahvol tamomila o`zgarib bormoqda. 7- va 9-uylarda istiqomat qiluvchilar shirkatga a`zo bo`lmaganliklari bois mas`ullar e`tibori birinchi navbatda fuqarolarda shirkatlarning afzalliklari haqida tushunchalar shakllantirishga qaratildi.

Uylardagi aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan chora tadbirlar rejasiga asosan, qurilish tashkilotlariga takliflar kiritilib, shirkatlarni o`ylantiradigan masalalarda ko`pchilik birgalikda kengashdi. Ta`mirlash ishlarini amalga oshirish bevosita mablag`ga qadalishi aniq. Eng qulay usul bank kreditlaridan foydalanish. Bank tomonidan moliyalashtirilishining esa qonuniy ustivorlik tomonlari bor. Mazkur masalada esa shahar prokuraturasi tashabbusi maqul topildi.

Hamkorlikda qilingan harakatda samara katta ekanligini bugun 7- va 9-uylardagi aholi turmush darajasida bevosita ko`rish mumkin. Kommunal xizmatlar bilan bog`liq muammolar xal etilganidan odamlar xursand.

Farida opa Yakubova 7-uyning 5-xonadonidan yashab keladi. O`tgan yillardagi qor-yomg`irli kunlar tashvishlariga barham berilganidan ko`plar qatori kayfiyatlari chog`. Mutasaddilar ko`magida uyning tom qismi shifer bilan yopilgan. Tashqi ko`rinishi esa obod va ozoda hayot barqarorligidan dalolat bermoqda.

Mahalladagi 9-uyda quruvchilar so`nggi ishlarni davom ettirishyapti. Yashash uchun bir qadar imkoniyati muammoga aylangan uy ham unda istiqomat qiluvchilar ehtiyojlariga mos xolga keltiriladi.

Fuqarolarning murojaatlarida bolalarning o`yin maydonlari bilan bog`liq xolatlar ham qayd etilgandi. Chora tadbirlar rejasini tuzishda ushbu muammoni xal etish inobatga olingan. Va bolalar maydonchalarni qurish ishlari ham davom ettirilyapti. "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da birgina Marg`ilon shahridagi Nadirmat mahallasidagi ikkita uyda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Fuqarolarning turmush farovonliklarini ta`minlash davlat e`tiborida ekanligini inobatga olsak, odamlarda "O`z uyingni o`zing asra" degan naqlga amal qilish yashashdek ibrat qolmoqda.

Ahror Ziyo, Farg`ona

    Boshqa yangiliklar