O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
«Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan O`zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayyan hududga oid grafik-tasvir ma`lumotlarini o`rganish, to`plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.
Ma`lumot uchun, «Yandeks» — rossiyalik transmilliy kompaniya bo`lib, Internet tarmog`ida shu nomdagi qidiruv tizimi, internet-portallarga egalik qiladi hamda bir necha davlatlarda IT-xizmatlarni ko`rsatadi. Ayniqsa, Rossiya, Turkiya, Belorussiya va Qozog`iston axborot texnologiyalari bozorida yuqori o`ringa ega.






