AsosiyDunyo

Xitoylik ota nogiron farzandi uchun barchasiga tayyor(FOTO)

Yu Xukang ismli xitoylik ota katta e`tibor va hurmatga munosib. U har kuni nogiron o`g`lini belida 7 km uzoqlikdagi maktabga oborib-olib keladi.

Bundan tashqari ular balandlik, toshloq joylardan o`tishadi. Otaning bu harakatidan xabardor bo`lgan mahalliy hukumat ularga maktab yaqinidan uy ajratishga va`da berishdi. Bu haqda The Daily Mail  nashri xabar bermoqda.

40 yoshli Yu Xukang har kuni soat 5 da uyg`onadi va ertalabki nonushta tayyorlaydi. Shundan so`ng 12 yoshli  Syao Syan ismli o`g`lini o`z qo`llari bilan yasagan savatga solib, belida ko`ratib olib ketadi.  Bolani maktabga tashlab, Yuning o`zi kun kechirish uchun ishga jo`naydi. Keyin esa maktabga qaytib, o`g`lini uyga olib ketadi.

“Bilaman o`g`lim jismonan sog` emas, ammo aql jihatdan unda hammasi yaxshi. Men chekinmayman. Uyimiz yaqinidagi bir necha maktablar bilan gaplashgan edim, o`g`limning jismonan sog`lom emasligi sababli uni maktabga olishmadi. So`ngi umid 7 km uzoqlikdagi Sichuan provisiyasidagi maktab bo`ldi. Men o`g`lim uchun o`z kuchimni ayamayman”,-dedi Yu.

Yu va uning xotini  9 yil avval ajralishgan. O`shanda  Syaoning otasi farzandining baxti uchun barcha ishni qilishga qaror qilgan.  

    Boshqa yangiliklar