AsosiyJamiyat

NAMANGANDA 8 TA KO`P QAVATLI TURAR JOY BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

'NAMANGANDA 8 TA KO`P QAVATLI TURAR JOY BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI'ning rasmi

“O`zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi buyurtmasiga muvofiq “Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyati loyihalashtirgan va umumiy qiymati 32 milliard so`m bo`lgan mazkur loyiha “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan moliyalashtirildi. Qurilish-montaj ishlari bosh pudratchi “Yangi zamon bino” mas`uliyati cheklangan jamiyati hamda “Degrez qurilish savdo sanoat servis”, “Sardorbek Arslonbek trans”, “Yangiqo`rg`on qurilish montaj”, “Muhammadsaid qurilish savdo”, “Quruvchi”, “Kalisto servis” kabi yordamchi pudratchi korxonalar tomonidan amalga oshirildi. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, oqava suv tarmoqlari bilan ta`minlangan uylar atrofida bolalar maydonchalari, avtomobillarni qo`yish joyi va boshqa infratuzilma ob`ektlari barpo etilgan.

Uylarning boshlang`ich badali davlat tomonidan to`lab berildi. Yangi uyga ko`chib o`tganlar orasida bir guruh jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham bor.

    Boshqa yangiliklar