Qrim Oliy kengashi 16 mart kuni mamlakatni qaysi Davlat tarkibiga kirishi to`g`risida referendum o`tkazishini ma`lum qildi.
Bu haqda Qrim bosh vazir o`rinbosari Rustam Temirgaliev ma`lum qildi.
“Referendum 16 mart kuniga belgilandi”, - deydi Temirgaliev.
Uning so`zlariga ko`ra, referendumda ikkita masala ko`tariladi. Bular Qrimning Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi va 1992 yildagi Qrim Kostitusiyasini tiklash masalalaridir.
Qrimning 1992 yildagi kostitusiyasiga ko`ra, respublika Ukraina tarkibiga kiradi va u bilan o`z munosabatlarini shartnoma va kelishuvlar orqali aniqlaydi.





