AsosiyDunyo

Vashington hukumati uyda marixuana saqlashga ruxsat berdi

Vashington aholisi endi jinoiy javobgarlikdan qo`rqmay o`z uylarida oz miqdorlarda marixuana saqlashlari mumkin.  

Shahar kengashining 11 dan 10 nafar a`zosi tomonidan qabul qilingan yangi qonun loyihasi shahar meri Vinsent Greyga tasdiqlash uchun yuborildi. Unga ko`ra, 28 gramm yoki undan ortiq miqdorda marixuana saqlagan shaxs 25 AQSh dollar miqdorida jarima to`laydi. Bu mashinani noto`g`ri joyga qo`yganlik uchun to`lanadigan jarimaga teng.
Avvallari bunday miqdorda marixuana saqlaganlik uchun 1000 AQSh dollari jarima yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinar edi. 
Yangi qonun loyihasida jamoat joylarida marixuanani iste`mol qilganlar uchun avalgi jazo saqlanib qolgan. Unga ko`ra, jamoat joyida marixuanadan foydalangan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, 500 AQSh dollari jarima va 60 kungacha ozodlikdan mahrum qilinadi. 

AQShda marixuana saqlash bilan qo`lga olinganlar bo`yicha Vashington birinchi pog`onada bormoqda. Qo`lga olinganlarning 90 foizi afroamerikaliklardir.

    Boshqa yangiliklar