Oynalaringiz yaltirab turishi uchun
600 ml. suvga 1 osh qoshiq iste`mol sodasi qo`shing. Aralashma bilan plastik oyna romlarini artib, so`ngra toza suv bilan yuvish lozim.
Oynani quyoshli yoki juda sovuq kunlarda yuvmang. Quyosh ta`sirida dog`larni ko`z ilg`amaydi, izg`irinda esa ular tez qurib, shishadek qotib qoladi va dog` hosil bo`ladi.
Agar oynada yog`li dog`lar bo`lsa, issiq suvga nashatir spirti qo`shib, ularni tozalash mumkin.
1 choy qoshiq tuz solingan suvda 15-20 daqiqa choyni damlab qo`yib, kapron matosini namlab oling. Yaltirab qolgan ko`zgularni arting. Yoki 1 osh qoshiqdan suyuq sovun (tish pastasi ham bo`ladi) va sirkani 1 stakan suvga solib, tozalash ham mumkin. 15 daqiqadan so`ng toza suvda yuvib, gazeta bilan artish kerak.
Kartoshkani aylana bo`laklarga bo`lib, ko`zguni tozalang. So`ngra sovuq suv bilan yuvib, quruq mato bilan artib chiqing.
Agar ko`zgudagi dog`lar bo`lsa, piyoz asqotadi. Piyozni ikki bo`lib, ko`zguni tozalang. 5-6 daqiqadan so`ng quruq mato yoki qog`oz bilan artib oling.
Idish yuvishga mo`ljallangan vositani suvga solib, ko`piritib, ko`zgularni tozalash ham mumkin.
Ko`k choy bilan yuvish ularni yangidek ko`rinishga keltiradi.






