AsosiyBu qiziq

Dollarning kursi yana pasaydi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

'Dollarning kursi yana pasaydi'ning rasmi

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 53,44 so‘mga tushdi va 12 137,86 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 85,26 so‘mga pasaydi va 14 379,72 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,38 so‘mga tushdi va 158,13 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 7,74 so‘mga pasaydi va 1756,89 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 70 ming 600 so‘mga oshdi va 2 million 12 ming 200 so‘mni tashkil qildi. 

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 17 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitcoin kursi 14 million 527 ming 53 so‘mga tushgan va 823 million 713 ming 916 so‘m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar