AsosiyJamiyat

YoQILG`I BAKIDAGI UYaLI ALOQA TELEFONLARI

'YoQILG`I BAKIDAGI UYaLI ALOQA TELEFONLARI'ning rasmi

Fuqaro A.Mamasidiqov boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasida yoqilg`i quyish baki ichiga umumiy qiymati 108 mln.650 ming so`mlik jami 98 dona “REDMI 4X” markali uyali telefon apparatlari hamda avtomashina zahira balonida 1700 dona qoshiq mahsuloti yashirilgan ekan.

Bojxonachilarning ko`zini shu tariqa shamg`alat qilishga uringan qonunbuzarlar bu usullari bilan davlat byudjetiga undirilishi lozim bo`lgan 35 mln. so`mdan ortiq bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlashgan.

Afsuski, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish o`rniga egri yo`llarni ihtiyor qilgan tadbirkorlar bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlash orqali mamlakatimizdagi ichki raqobat muhitiga ham ziyon etkizibgana qolmay, aholini salomatligiga jiddiy ziyon etkazishini o`ylab ko`rmayotgan bo`lsalar.

    Boshqa yangiliklar