AsosiyJamiyat

QIShLOQ XO`JALIGI KO`RGAZMASI NAMOYISh ETILADI

' QIShLOQ XO`JALIGI KO`RGAZMASI NAMOYISh ETILADI'ning rasmi

EG Uzbekistan ko`rgazmalar kompaniyasi tomonidan «O`zekspomarkaz» markaziy ko`rgazmalar zalida 2017 yil 22, 23, 24 noyabr kunlari XIII Xalqaro qishloq xo`jaligi ko`rgazmasi « UZAGROEXPO – 2017» namoyish etiladi.

Unda dunyoning Belarus, Germaniya, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya, Latviya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Finlyandiya va O`zbekiston kabi 16 ta mamlakatidan 100 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etishadi:

«UZAGROEXPO» qishloq xo`jalik ko`rgazmasi O`zbekistonning kuz mavsumidagi yirik tarmoq tadbiri hisoblanadi. Ko`rgazmada zamonaviy qishloq xo`jalik texnikasi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va sotishga, dehqonchilik, chorvachilik, veterinariya, texnologiyalari va mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlashga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarning mahsulotlari namoyish etiladi.

Shuningdek, fermerlar Rossiya, Belarus, Uzbekiston, Germaniya kabi etakchi ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo`jaligi texnikasi yangiliklari bilan tanishishlari mumkin.

Er egalari qishloq xo`jaligi texnikalarini sotib olish va O`zbekistonga olib kelish masalalarini ko`rib chiqishadi.

Namoyishda chorvachilik bilan bir qatorda, fermer xo`jaliklarida parrandachilikka ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

Respublika qishloq xo`jaligi oldida dolzarb masala – suvni tejashning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan, bog`lar va tokzorlarda tomchilab sug`orish tizimi haqidagi takliflar ham beriladi.

    Boshqa yangiliklar