Zarur masalliqlar: (15 dona uchun): 350 gr. un,200 gr. sariyog`, 130 gr. shakar, 1 stakan eryong`oq, 1 donadan tuxum va tuxum sarig`i, yarim choy qoshiqdan vanilin va xamir yumshatgich, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog`, tuxum sarig`i va shakarni yaxshilab aralashtiring. Mikser yordamida 1-2 daqiqa ko`pirtirgach, oz-ozdan un solib, xamir tayyorlang. Zuvala yasab, yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
2. Xamirni 6-7mm. qalinlikda yoyib, halqalar kesib oling. So`ngra pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga tering-da, 20 daqiqa muzxonaga qo`ying.
3.Eryong`oqni maydalab, quruq tovada qovurib oling.
4. «Halqacha»larga tuxum sarig`i surtib, eryong`oqga belab oling-da, patnisga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.
4 kishilik.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






