AsosiyJamiyat

​DILShOD KENJAEV XALQ TA`LIMI VAZIRI O`RINBOSARI LAVOZIMIGA QAYTARILDI

'​DILShOD KENJAEV XALQ TA`LIMI VAZIRI O`RINBOSARI LAVOZIMIGA QAYTARILDI'ning rasmi

Dilshod Kenjaev Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytiga tayanib Uz24 nashri xabar qildi.

Kenjaev 2015 - 2017 yillarda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari bo`lib ishlagan. Prezidentning 3 iyuldagi qaroriga muvofiq mazkur lavozimidan ozod etilgandi.

Kenjaev Dilshod Mutalibovich 1977 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug`ilgan. 2002 yil Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini, 2012 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tamomlagan.

2017 yil 17 oktyabrda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar