2017 yil 17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Tehronda Eron Islom Respublikasi Neft vaziri Bijan Zangane bilan uchrashdi.
Suhbat chog`ida tomonlar yoqilg`i-energetika yo`nalishida o`zaro hamkorlik orqali savdo-iqtisodiy sohada O`zbekiston-Eron hamkorligini kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Shu kuni delegasiya a`zosi, “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov Eron Neft vazirligi va uning tuzilmalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar o`tkazdi.






