AsosiyDunyo

​DONALD TRAMP PREZIDENTLIK DAVRIDA $600 MLN YO`QOTDI

'​DONALD TRAMP PREZIDENTLIK DAVRIDA $600 MLN YO`QOTDI'ning rasmi

Forbes nashri tomonidan AQShning 400 nafar eng boy odamlari ro`yxati e`lon qilindi.

Reytingga 24-marotaba Microsoft asoschisi Bill Geyts 89 milliard dollar bilan boshchilik qildi. Shunday qilib, bir yilda u sakkiz milliardga boyidi.

Ikkinchi o`rinni Amazon asoschisi Jef Bezos egalladi. Uning boyligi 81,5 milliard dollarga baholandi. Uchinchi pog`onadan Berkshire Hathaway investori Uorren Baffet 78 milliard bilan joy oldi.

Ta`kidlash joizki, reytingda eng ko`p yo`qotish AQSh Prezidenti Donald Trampniki bo`ldi. Uning boyligi bir yilda 600 million dollarga - 3,1 milliardgacha kamaydi. Oqibatda Amerikaning etakchisi Forbes reytingida 156-o`rindan 248-ga tushdi.

Ma`lum bo`lishicha, bu yo`qotish Nyu-yorkning ko`chmas mulk bozoridagi kuchli raqobat hamda prezident kampaniyasiga qilingan katta harajatlar bilan bog`liq.

    Boshqa yangiliklar