Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi etakchi o`yinchisi Krishtianu Ronaldu Evropaning boy mashhurlari ro`yxatida ikkinchi pog`onadan joy oldi. U o`zining daromadlari bo`yicha faqat ingliz yozuvchisi Joan Roulingga yon bosdi.
Roulingning daromadlari bu yil soliqlarni olib tashlamagan holda 80,8 mln evroga teng bo`ldi, deb yozadi Forbes. Ronaldu umumiy reytingda 79 mln evro daromad bilan ikkinchi bo`ldi.
Portugaliyaning futbol yulduzidan tashqari Top-10 reytingga yana ikki sportchi kirdi: shveysariyalik tennischi Rojer Federer (5-o`rin, 54,4 mln evro) va britaniyalik golfchi Rori Makilroy (9-o`rin, 42,5 mln).






