Rani xayriya ishlari bilan ko`p shug`ullanadi. Masalan, 2005 yilda Nyu Dehlida bo`lib o`tgan konsertdan tushgan mablag`dan Nogironlarga yordam berish milliy markaz jamg`armasiga pul ajratdi. 2006 yilda esa o`z tug`ilgan kunini ko`zi ojiz va nutq nuqsonlari bo`lgan bolalar bilan birgalikda nishonladi. Bu nogiron bolalar Xelen Keller instituti talabalari bo`lib, ular Raniga «Zulmat» («Black») filmidagi kar‑soqov Mishel roliga tayyorgarlik ko`rishda yordam berishgan. Shuningdek, Rani «Kim millioner bo`lishni istaydi?» ko`rsatuvidagi gonorarining teng yarmini «Ilohiy Oila» shifoxonasiga ehson qiladi. Ranining fikriga ko`ra, bu shifoxona Hindistonda eng ko`p uchraydigan xastalik — bolalardagi yurak kasalliklarini davolash bilan shug`ullanadi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






