2017 yilning 16 oktyabr kuni “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Angren shahrida yashovchi fuqaro Sh.D ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushdi.
Olingan ma`lumotdan so`ng qutqaruvchilar tezkorlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro Sh.D chuqurdan chiqarib olindi va birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi o`z uyida bo`lib, uning sog`ligi qoniqarli deb baholanmoqda.






