AsosiySUG'DIYONA

BEKALAR UChUN 5 MASLAHAT

'BEKALAR UChUN 5 MASLAHAT'ning rasmi

Oshpazlarning mahorat siri nimada ekanligini bilasizmi? Aslida, mazali taom tayyorlash qonun-qoidasiga to`g`ri amal qilish va oshxonada tajriba o`tkazishdan cho`chimaslik kerak. Ana shunda mahoratingiz oshib, taomu eguliklaringiz ta`mi og`izda qoladigan bo`ladi.

Pirojka

Oshirma xamirdan tayyorlangan pirojkilarni gaz pechidan olgach, issiqligida ustiga sariyog` surting. Issiqligida xamir sariyog`ni shimib olib, ust qismi yaltillab, ishtahaochar ko`rinish beradi.

Sariyog` qoraymasligi uchun…

Agar pishiriq uchun sariyog`ni eritish kerak bo`lsa, tovaga ozroq tuz sepib, aylanasi bo`ylab tarqating. Shunda eriyotgan sariyog` qorayib ketmaydi (bunda maydan tuzdan foydalangan ma`qul).

Qo`ziqorinni pishirishda...

Quritilgan qo`ziqorinlarni pishirishdan oldin 1-2 soat tuz qo`shilgan sutga solib qo`ying. Shundan so`ng ularni suvda qaynatsangiz, tez pishadi, yumshoq va mazali bo`ladi.

Ko`katlar

Agar muzlatgichingizdagi ko`katlar so`lib qolgan bo`lsa, ularni qayta tiriltirish mumkin. Buning uchun muzdek suvga ozroq sirka aralashtirib, ko`katlarni bir-ikki marotaba botirib, so`ng silqing. Qarabsizki, barra ko`katlar yana foydalanish uchun shay.

Sabzavotlarni qaynatgach....

Sabzavotlarning po`stini archib, tuzli suvda qaynatsangiz, pishgach, suvini to`kib yubormang. Undan sho`rva yoki go`sht qiymasini qovurishda foydalansa bo`ladi. Sazavotlar qaynayotib, tarkibidagi foydali vitaminlari suvga chiqadi. Shu sabab qaynatilgan suvini bemalol ishlatish mumkin.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar