O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha erishilayotgan natijalarga to`xtalib o`tdi, Xorazm viloyatida barcha sohalarda katta o`zgarishlar yuz berayotganini ta`kidladi. Bunday natijalarga erishishda 2012 yildan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelgan Po`lat Razzoqovich Bobojonovning munosib hissasi borligini e`tirof etdi.
Ana shunday rahbarlik salohiyatini hisobga olib, Prezident P.Bobojonovni yanada mas`uliyatli vazifaga – ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganini ma`lum qildi.
Shu munosabat bilan sessiyada Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlash masalasini ko`rib chiqilishi kerakligini aytib, Xalq deputatlari viloyat kengashidagi siyosiy partiyalar guruhlari bilan, viloyat faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda, bir necha yillar davomida yuqori lavozimlarda ishlagan, bugungi kunda viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Ilgizar Matyaqubovich Sobirov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi. 2017 yil 14 oktyabrda I.M.Sabirovni Xorazm viloyatining hokimi lavozimiga tayinlash to`g`risida Prezident Farmoni imzolandi.
I.Sobirov 1959 yilda tug`ilgan. O`z faoliyati davomida O`zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent yuridik instituti, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, Prezident devonida mas`ul lavozimlarda ishlagan. Qo`shko`pir tumani hokimi, Oliy Majlis Senati Raisi, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan, 2017 yil fevral oyidan buyon O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajarib kelgan.






