AsosiySUG'DIYONA

DILSO`ZDAN BAYRAMONA «ShOK ShERIDANS» ShIRINLIGI

'DILSO`ZDAN BAYRAMONA «ShOK ShERIDANS» ShIRINLIGI'ning rasmi
Odatda bayram kunlari ayollar oshxonada kuymalanishni istashmaydi. Lekin bayram bayramdek o`tishi uchun biror shirinlik hozirlash lozim. Xonanda DILSO`Z «six ham, kabob ham kuymaydigan» yo`li – kam vaqt talab qiladigan, ta`mi og`zingizda qoladigan maxsus shirinlik tayyorlashni o`rgatadi. "Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining suratga olish ishlari «Shedevr Garden» restoranida bo`lib o`tdi…

14 KIShILIK ShIRINLIK uchun zarur masalliqlar:

  • 1 litr qaymoq,
  • 150 gr. sut,
  • 250 gr. shakar,
  • 4 tadan oq va qora «plitka» shokoladi.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Tog`orachaga sutni quyib, shakar solib mikserda ko`pirtiramiz. Shakar erigach, ustiga qaymoqni quyib, yana ko`rpirtirishda davom etamiz. Mikserni ko`targaningizda qorishma o`rtacha suyuqlikda idishga oqayotgan bo`lsa, bilingki tayyor holga kelgan. Ustiga «sellofan» yopib, muzlatgichga qo`yib qo`yamiz.

2-jarayon:

Oq va qora «plitka» shokoladini alohida-alohida idishlarga solib, ustiga 50 gramdan sut quyamiz. Va ularni «suv hammom»ida eritib olamiz. Shokoladni gazdan olib, sovishini kutamiz. Vaqti ziq uy bekalarimiz muzlatgichda sovitishlari ham mumkin.

3-jarayon:

Sut, shakar va qaymoqdan hosil bo`lgan masalliqni teng ikkiga bo`lib, birini ustiga oq, ikkinchisiga qora shokolad eritmasi quyiladi. Va qoshiqda sekin harakatlar bilan aralashtiriladi. Tez-tez harakat qilsangiz qorishma ko`pirib ketishi mumkin.

So`ng 2 ta «sellofan»ga oq hamda qora masalliqni solamiz. Avvaldan tayyorlab qo`yilgan finjonga «sellofan»dagi qorishmani teng miqdorda siqib chiqariladi.

Bu jarayon uchun albatta ikki kishi kerak bo`ladi. Eng so`nggi jarayon finjonni oxista silkitilsa, oq va qora qorishma joylashadi. Ustini tabga ko`ra shokolad qirindisi bilan bezatish mumkin.

Deyarli tayyor holga kelgan shirinlikni yarim soatga muzlatgichga qotirishga qo`yish kerak.

Inobatga oling!

  • Bordi-yu masalliqlar sovuq holda bo`lmasa, yaxshi ko`pirmaydi. Shu sabab barcha masalliqlar muzlatgachda turishi shart.
  • Oq-qora «plitka» shokoladi «suv hammom»ida erigach, uni suvishini kutmay iliq holda ishlatilsa, qorishma suyulib ketadi.
  • Agar shokolad eritmasi quyuq bo`lib qolsa, ustiga 20 gr. sut quyib suyultirsa bo`ladi.

DILSO`ZDAN FOYDALI MASLAHATLAR

Oshxonada...

  • Tuxum qaynatayotganingizda suvga bir chimdan tuz solib yuboring. Shunda tuxum yorilmay pishadi.
  • Sitrus va pomidorni muzlatgichga qo`ymang. Past harorat bu «injiq» mahsulotlarni ta`mi va hidini buzadi.

Ro`zg`or tutish...

  • Derazalar chinnidek toza bo`lishini istasangiz, kraxmal solingan suvda yuving. Muzlab qolgan derazani osh tuzi solingan suvda tozalasangiz bo`ladi. Xira oynalarni sirka aralashtirilgan issiq suvda yuvish maqsadga muvofiq.
  • Yangi supurgini ishlatishdan avval qaynoq tuzli suvga tiqib olsangiz yoki nomokop suvda 2-3 soatga qoldirsangiz u sizga ancha vaqt xizmat qiladi.
  • Linoleumni 60 foizli kir sovunda iliv suv bilan yuvish kerak. Parketni esa faqat sovuq suvda, taxta polni daryo qumi bilan tozalash kerak.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar