AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON-QIRG`IZISTON DAVLAT ChEGARASINI DELIMITASIYa VA DEMARKASIYa QILISh MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

'​O`ZBEKISTON-QIRG`IZISTON DAVLAT ChEGARASINI DELIMITASIYa VA DEMARKASIYa QILISh MASALALARI MUHOKAMA QILINDI'ning rasmi

2017 yilning 21-27 sentyabr kunlari Qirg`izistonning Botken shahrida O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi Hukumatlari delegasiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.


Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shu yil 5-6-sentyabrdagi Qirg`iziston Respublikasiga davlat tashrifi davomida tuzilgan O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya qilish bo`yicha Shartnomada keltirilmagan chegaradagi boshqa uchrastkalarni belgilash davom ettirildi.

An`anaviy do`stlik va konstruktiv ruhda bo`lib o`tgan muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.


    Boshqa yangiliklar